“MY5” telekanali jurnalisti Nozimjon Teshaevni noma`lum shaxs haqorat qilgani va jurnalistik faoliyatiga to`sqinlik qilgani xabar berilgandi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha, 1993 yilda tug`ilgan M.Ya. jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan N.Teshaev bilan og`zaki janjallashib, jamoat tartibini buzgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani IIO FMB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`grisidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Hujjatlar o`rnatilgan tartibda ko`rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo`yicha tuman sudiga taqdim etiladi.






