AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning to`rtta tumanidagi ayrim hududlar aholisi elektrsiz qoldi

'Bugun Toshkentning to`rtta tumanidagi ayrim hududlar aholisi elektrsiz qoldi'ning rasmi

Bugun, 4 iyun kuni Toshkent shahrining Mirobod, Yashnobod va Yunusobod tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik subektlarida elektr energiyasi soat 11:00dan 18:00 gaqadar vaqtinchalik o`chirildi.

Iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini etkazib berilishini ta`minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan avariya holatlarini oldini olish hamda ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

  • Yunusobod tumanining Usta Shirin va Naqshbandiy ko`chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
  •  Yashnobod tumani, “Tovkantepa” MFYning Murabbiylar ko`chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
  • Mirobod tumanining  Fayzobod, Fayzobod 5-va 9-tor ko`chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha o`chirildi.
  • Uchtepa tumanining “A.Sog`uniy”, “Diydor”, “Diyorobod” va “Yangiyo`l” MFYlari Algoritm dahasi 30- va 31-mavzelarining qisman hududlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi yuqori kuchlanishli er ostidan o`tgan elektr uzatish kabel tarmog`ida favqulodda avariya holatida elektr ta`minotida uzilish sodir bo`ldi.

 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ayni vaqtda Uchtepa tuman elektr ta`minotining tezkor chiqish brigadalari mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan, tez orada mazkur nosozlik to`liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi etkazib berilishi to`liq tiklanadi.

 

    Boshqa yangiliklar