Prezident farmoniga ko`ra umumiy o`rta ta`lim muassasalarida o`quvchilar sonidan kelib chiqib, 2024 yil 1 yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tizimidagi ta`lim tashkilotlarida “New Education” tarif rejasi joriy etiladi;
Bunda:
- ta`lim muassasalaridagi bolalar sonidan kelib chiqib, “New Education” tarif rejasi internet tezligi hajmlari belgilanadi;
- ta`lim muassasalarida 400 nafargacha o`quvchisi bo`lgan umumiy o`rta ta`lim muassasalarida Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o`quvchilar soni 400 nafardan ko`p bo`lganlarda – kamida 100 Mbit/s bo`ladi;
“New Education” tarif rejasining har bir tezlikdagi paketi uchun har oylik abonent to`lovi miqdorlarini belgilash va bunda ta`lim tashkilotlari tomonidan internet xizmatlaridan tungi vaqtda foydalanilmasligi inobatga olinadi.