Xalqaro reyslar sonini ko`paytirish doirasida Qozog`iston Respublikasi aviasiyasi ma`muriyati bilan birgalikda O`zbekistonning My Freighter (Centrum Air) loukoster aviakompaniyasining Qozog`istonga muntazam yo`lovchi qatnovlarini ochish masalasi ishlab chiqildi. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
2023 yilning 5 iyunidan boshlab Toshkent – Olmaota yo`nalishi bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri muntazam yo`lovchi qatnovlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Mazkur yo`nalishda qatnovlar haftasiga 3 marotaba dushanba, chorshanba va juma kunlari Airbus 320 rusumli havo kemalarida bajariladi.






