Kamoliddin Behzod safaviylar poytaxti Tabrizda yashaganida Shoh Tahmasp saroyiga kelgan. U vaqtda Behzod 70 yoshlarda edi, shuning uchun asosan hukmdorning topshirig`iga binoan maftunkor illyustrasiyalar tashkil etish jarayonlarini boshqargan.
Manbalarda keltirilishicha, Tahmasp Bekzod bilan suhbatlashishni yoqtirar ekan. Bu vaqtda u original asarlar bilan deyarli shug`ullanmagan. Bu davrdan faqat u tomonidan dastxat qo`yilgan ikkita rasm saqlanib qolgan.
Bular buyuk rassomning etmish yoshida chizgan “Ikki tuya” va tugallanmay qolgan “Shoh Tahmasp daraxt ustidagi uyda” asarlaridir.
Manba: “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” multimedia loyihasi doirasida chop etilgan “Moniyni xijolatda qoldirgan Kamoliddin Behzod” nashri. Loyiha bosh homiysi – "ErieiGroup" neft xizmatlari kompaniyasi.