1

“Nikolay-2” oltin tangasini 100 000 dollarga sotayotgan shaxslar bu qo`lga tushdi

Jinoyat 06.06.2023, 13:06
“Nikolay-2” oltin tangasini 100 000 dollarga sotayotgan shaxslar bu qo`lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo`limi tomonidan DXX va Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda fuqaro A.T. va boshqalar 1902 yilda ishlab chiqarilgan og`irligi 32,22 gram bo`lgan 1 dona “Nikolay-2” oltin tangasini 100 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Madaniy meros agentligining xulosasiga ko`ra, ushbu oltin tanganing bugungi kundagi bahosi 1 mlrd so`mni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1