AsosiyJamiyat

​Qandli diabetni davolashning yangi usuli topildi

'​Qandli diabetni davolashning yangi usuli topildi'ning rasmi

AQShning Uayl Kornell Medikal kolleji tadqiqotchilari qandli diabetdan xalos bo`lishning samarali usulini topganini ma`lum qildi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 Buning uchun maxsus oqsillar yordamida oshqozon ildiz hujayralaridan insulin ishlab chiqarishga mas`ul GINS hujayralari o`stirilib, tajriba sichqonlari me`dasiga ko`chirib o`tkazildi.
 Ma`lum vaqtdan so`ng bu tadqiqot o`z natijasini ko`rsatdi. Transplantasiya qilingan hujayralar insulin ishlab chiqarishni muvofiqlashtirishga ijobiy ta`sir ko`rsatishi tasdiqlandi. 
Mutaxassislar fikricha, mazkur yangilik qandli diabetning 1-turi va boshqa oshqozon osti bezi kasalliklarini davolashda katta samara berishi mumkin. 
Insonlarda o`tkaziladigan klinik sinovlardan so`ng yakuniy xulosalar ma`lum qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar