AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda asrab olgan 13 yoshli “qizi”ni zo`rlagan erkak 12 yilga qamaldi

'Qashqadaryoda asrab olgan 13 yoshli “qizi”ni zo`rlagan erkak 12 yilga qamaldi'ning rasmi

Qashqadaryoda erkak asrab olgan 13 yoshli qizini zo`rlagani haqida xabar bergan edik. Oliy sud matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur erkakka sud hukmi o`qildi

Unga ko`ra, ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Chiroqchi tuman sudining raisi A.Tashev raisligida Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko`rib chiqildi. K.T. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “a” bandi va eski tahrirdagi (2023 yil 11 aprelga qadar amalda bo`lgan) 129-moddasi (o`n olti yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash)ga asosan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi. 

Birinchi instansiya sudining hukmidan norozi taraflar qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo`yicha appelyasiya instansiyasi sudlov hay`atiga shikoyat berishi yoki protest keltirishi mumkinligi ta`kidlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar