AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati prokuraturasi Bo`kadagi tergov bo`limida vafot etgan fuqaro ishi bo`yicha bayonot bilan chiqdi

'Toshkent viloyati prokuraturasi Bo`kadagi tergov bo`limida vafot etgan fuqaro ishi bo`yicha bayonot bilan chiqdi'ning rasmi

Toshkent viloyati Bo`ka tumanida tergovga jalb qilingan fuqaro shifoxonada vafot etgani haqida xabar bergan edik. Viloyat prokuraturasi holat bo`yicha bayonot e`lon qildi.

Unda bildirilishicha, Bo`ka tuman IIB tomonidan tergovga jalb qilingan gumonlanuvchi vafot etgani yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g`ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo`llash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, viloyat prokuraturasining o`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish bo`limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlari davomida ikki nafar tezkor xodim qamoqqa olingan.

“Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat yuzasidan turli asoslanmagan ma`lumotlar tarqalmoqda. Mazkur holat viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan bo`lib, tergovni chalg`ituvchi, mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma`lumotlarga ishonmasliklaringizni hamda rasmiy manbalar orqali berilayotgan ma`lumotlarga tayanishingizni so`rab qolamiz”, — deyiladi bayonotda.

    Boshqa yangiliklar