AsosiyJamiyat

Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi (video)

'Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo`lga qo`yildi (video)'ning rasmi

Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumaniga ("Chorvoq" erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovchi avtobuslar harakati yo`lga qo`yildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Avtobuslar "Mashinasozlar metro bekati – Chorvoq" yo`nalishida har kuni uchta grafik asosida harakatlanadi. Qatnov masofasi 75 km bo`lgan yo`nalishda yo`lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada etib boradi.  

Avtobuslar Mashinasozlar metro bekatidan soat 7:00, 13:00 va 18:00 da jo`naydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00 va 16:00 harakatlanadi.

Qatnovlar "Uzautotrans service" korxonasining Yutong avtobuslarida amalga oshirilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, ushbu yo`nalishda yo`l kir narxi 15 000 so`m etib belgilangan.

    Boshqa yangiliklar