AsosiyJinoyat

DXX O`zbekistonning uchta hududida “Haj” ziyoratiga yuboraman, deb jinoyat qilayotganlarni qo`lga oldi

'DXX O`zbekistonning uchta hududida “Haj” ziyoratiga yuboraman, deb jinoyat qilayotganlarni qo`lga oldi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg`ona viloyati bo`yicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda bir nechta tezkor tadbirlar o`tkazildi. Bu haqda darakhchi.uz'ga DXX Matbuot xizmati xabar berdi.
Marg`ilon shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari Ya.M. o`zganing ishonchiga kirib, uni va tanishini “Haj” ziyoratiga yuborish evaziga 16 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Marg`ilon shahrida faoliyat yurituvchi boshqa bir turistik firma xodimi A.T. esa Qo`shtepa tumanida yashovchi fuqaroga “Haj 2023” vizasi rasmiylashtirib, “Haj” ziyoratiga yuborish evaziga talab qilingan 10 ming AQSh dollaridan 4 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida ushlandi.
Buvayda tumanida kuzatilgan holatda Andijon shahridagi turistik firma vakili M.J. Marg`ilon shahrida yashovchi fuqaroning onasiga “Haj 2023” vizasi rasmiylashtirib, “Haj” ziyoratiga yuborish evaziga talab qilingan 8500 AQSh dollaridan 3 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida ushlandi.
 

    Boshqa yangiliklar