AsosiyJamiyat

Toshkentda kondisionerni yoqmasdan harakatlangan avtobus haydovchisi jazolandi

'Toshkentda kondisionerni yoqmasdan harakatlangan avtobus haydovchisi jazolandi'ning rasmi

Toshkent shahrida kondisionerni yoqmasdan harakatlangan avtobus haydovchisiga jazo chorasi belgilandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, 7 iyun kuni soat 10:12 lar atrofida “Toshshahartransxizmat” AJning 12-Avtobus saroyi filiali tasarrufidagi 59-sonli yo`nalish haydovchisi o`z boshqaruvidagi avtobusning sovitish tizimi (kondisioner)ni yoqmagan holda harakatlangan. 

“Sergeli 7-mavze” bekatida yo`lovchilar e`tirozidan so`ng haydovchi sovitish tizimini yoqqan holda harakatlangani aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ hamda 12-Avtobus saroyi filiali mas`ul xodimlari tezkorlik bilan 59-sonli avtobus yo`nalishining oxirgi bekati hisoblangan “Do`stlik-2 shohbekati”ga etib borib, yo`lovchilar noroziligiga sabab bo`lgan haydovchi bilan tushuntirish ishlari olib borildi hamda haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi ko`rilishi belgilandi.

Korxona ichki tartib-qoidasiga binoan, haydovchilar avtobus salonida sovitish tizimi (kondisioner)ni soat 8:00 dan 19:00 ga qadar yoqqan holda harakatlanishlari belgilangan.

    Boshqa yangiliklar