AsosiyJamiyat

Toshkentdagi bog`chada bolalar uxlamagani uchun oyog`iga igna tiqqan tarbiyachilarga sud hukmi o`qildi

'Toshkentdagi bog`chada bolalar uxlamagani uchun oyog`iga igna tiqqan tarbiyachilarga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumani 122-bog`chada bolalarni uxlamagani uchun oyoqlariga igna tiqishayotgani aytilayotgan video xabar tarqalgan edi.

Buni sodir etganlikda gumon qilingan shu  bog`cha tarbiyachisi S.E va amaliyotchi  Pedagogika kolleji o`quvchisi M.R lar bo`yicha bugun jinoyat ishlari bo`yicha Yangihayot tuman sudining cayyor majlis o`tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi Matbuot xizmati xabar berdi.

Sudning 2023 yil 8 iyundagi qaroriga ko`ra, ikki nafar huquqbuzar Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 52-moddasi (engil tan jarohati etkazish) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, ularning har biriga BHMning 4 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Sud tomonidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi bosh boshqarmasi boshlig`iga sodir etilgan ma`muriy huquqbuzarlik yuzasidan mehnat munosabatlaridan kelib chiqib, rasmiy munosabat bildirish va tegishli chora-tadbirlar belgilash hamda huquqbuzarlik sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar yuzasidan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 313-moddasi tartibida taqdimnoma ham chiqarilgan.  

Shuningdek, Yangihayot tumanidagi 122-DMTT mutasaddilariga ro`yxatdan o`tmasdan turib, tarbiyalanuvchilarni qabul qilinganlik holati va ular uchun to`lovlar amalga oshirilganligini tekshirib, qonuniy baho berish maqsadida Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 278-moddasi tartibida Yangihayot tuman prokuroriga xabarnoma yuborildi.

    Boshqa yangiliklar