AsosiyJamiyat

Toshkentdagi maktab hududida 26 tup ko`p yillik manzarali daraxtlar kesib tashlandi (video)

'Toshkentdagi maktab hududida 26 tup ko`p yillik manzarali daraxtlar kesib tashlandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani 171-umumta`lim maktabi hududidagi daraxtlar kesilganligi haqida xabar tarqaldi. Toshkent shahar hokimligi holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, Mirzo Ulug`bek tumanidagi Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tasarrufidagi MAFIFIDUM (sobiq 171- umumta`lim maktabi) hududida 26 tup Gledichiya navli manzarali daraxtlar fuqaro Strashko Anatoliy Sergeevich tomonidan kesilgan.

Videokuzatuv kamerasining ko`rsatishicha, fuqaro bu ishni maktabni o`rab turuvchi panjaraga tutash bo`lgan garajlardan oshib tushib, amalga oshirgan.

Ushbu holat Toshkent shahar va Mirzo Ulug`bek tumani hokimligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi boshqarmasi va uning tuman bo`limi hamda tuman prokuraturasi tomonidan o`rganildi.

Hozirda mutaxassislar tomonidan etkazilgan zarar o`rganilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar