AsosiyDunyo

Misr plyajida rossiyalik fuqaroni akula eb qo`ydi (video)

'Misr plyajida rossiyalik fuqaroni akula eb qo`ydi (video)'ning rasmi

Misrning Xurgada shahridagi plyajda rossiyalik sayyohni akula eb qo`ydi. 

Voqea joyidan olingan videolardan ko`rish mumkinki, yigit akuladan qochishga harakat qilgani. Ammo akula uni baribir o`ldirgan. Bundan tashqari, yana bir qiz ham bu paytda suvda bo`lib, u qochib qolishga ulgurgan. 

Hodisa bugun, 8 iyun kuni Xurgadadagi Dream Beach hududida sodir bo`lgan. 

Rossiyaning Xurgadadagi Bosh konsulligi akula hujumi oqibatida halok bo`lgan rossiyalikning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, marhum 1999 yilda tug`ilgan rossiyalik. Agentlikning turizm sohasidagi manbasi bu kishi dam oluvchi emasligini ma`lum qilgan.

Voqeadan so`ng shahardagi barcha plyajlar yopilgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar