AsosiyJamiyat

Shahrisabzda hokimlik xodimi va uning otasi qo`shni xonadonga pichoq bilan bostirib kirgani uchun qamaldi (vide)

'Shahrisabzda hokimlik xodimi va uning otasi qo`shni xonadonga pichoq bilan bostirib kirgani uchun qamaldi (vide)'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida qo`shni xonadonga bostirib kirib, xonadon bekasiga pichoq o`qtalgan hokimlik xodimi va uning otasi qamaldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, tarmoqlarda hokimlik xodimi ekani aytilgan fuqaro va uning otasi qo`shni xonadonga kirib, to`polon ko`targani, ulardan biri xonadon egasiga pichoq o`qtalib, o`ldirishga uringani aytilgan video tarqalgan.

Joriy yilning 18 aprel kuni soat 16:40 larda Shahrisabz shahar “Sariosiyo” MFYda yashovchi S.A. o`g`li S.U. bilan qo`shnisi Sh.F.ning yashash uyiga borib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan bir-birini haqoratlab, o`zaro janjallashgan. Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to`plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo`yicha Shahrisabz shahar sudiga yuborilgan, — deyiladi viloyat IIB axborot xizmati xabarida.

Aytilishicha, sud qaroriga asosan zo`ravon ota-o`g`ilga chora ko`rilgan.

S.A.ga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi, 185-2-moddasi 2-qismi bilan 5 sutka, S.U.ga 183-moddasi, 52-moddasining 2-qismi, 612-moddasi 1-qismi bilan 10 sutka, Sh.F.ga 183-moddasi bilan 5 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi”, — deydi mas`ullar.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar