AsosiyJinoyat

Farg’onada o`g`il o`z otasini pichoqlab o`ldirib murdani kanalga tashlab yubordi

'Farg’onada o`g`il o`z otasini pichoqlab o`ldirib murdani kanalga tashlab yubordi'ning rasmi

Joriy yilning 7 iyun kuni soat 17:30 atrofida Farg`ona viloyati Oltiariq tumani, Tong massividan oqib o`tuvchi "X-4" nomli kanalning (Andijon kanali) GK-12 km.da joylashgan kichik suv dambasidan shaxsi noma`lum murda qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda darakchi.uz'ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Murdaning shaxsini aniqlash maqsadida Farg`ona viloyat IIBning ekspert-kriminalist mutaxassislari ishtirokida uning barmoq izlari tekshirilganda, murda Andijon viloyati, Baliqchi tumanida doimiy ro`yxatda turuvchi 1968 yilda tug`ilgan I.Sh. ekanligi ma`lum bo`lgan.

Tezkor-tergov guruhi tomonidan Andijon viloyati IIB xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tarbirlari davomida, ushbu jinoyat marhumning o`g`li 2002 yilda tug`ilgan A.X. tomonidan sodir etilganligi fosh etildi.

Aniqlanishicha, marhum I.Sh. muntazam spirtli ichimliklar ichib, 1990 yilda tug`ilgan to`ng`ich farzandi X.M.ga (ayol) nisbatan doimiy ravishda shahvoniy tajovuzlar qilib kelganligi, Rossiyada ishlab kelayotgan X.M. bu haqida birga ishlab kelgan ukasi A.X.ga aytganligi, otasining xatti-harakatlaridan g`azablangan A.X. hech kimga xabar bermasdan, shu yilning 28 may kuni Rossiyadan Qozog`iston orqali O`zbekistonga qonuniy tartibda kirib, shu kuni tunda yashash xonadoniga kelib, yotoqxonada bo`lgan otasi I.Sh.ni qo`llarini bog`lab, pichoq bilan hujum qilib, bo`yin sohasini kesib, qasddan o`ldirgan.

Shundan so`ng, A.X. sodir etgan jinoyatini yashirish maqsadida otasining murdasini avtomashinaga yuklab, Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Yurtobod MFY hududidan oqib o`tgan "Katta Andijon" magistral kanaliga tashlab kelgan va 2023 yil 29 may kuni soat 7:00 atrofida yashash xonadonidan chiqib ketib, Qozog`iston orqali Rossiyaga qonuniy tartibda chiqib ketganligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar