Buxoro viloyatida ispaniyalik erkak savdolashayotgan vaqtda to`satdan vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, 7 iyun kuni Ispaniya Respublikasi fuqarosi 1958 yilda tug`ilgan Amez Perez Antonio Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan Haqiqat ko`chasini aylanib, tarixiy buyumlar savdo rastasi oldida savdolashib turgan vaqtida to`satdan hushidan ketib, voqea joyida vafot etgan.
Amez Perez Antonio tobi qochib yiqilganidan so`ng 22 daqiqa o`tib, tez tibbiy yordam xodimlari voqea joyiga etib kelgan. Hozirda holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






