AsosiyJamiyat

14 yoshli bolaning boshi simyog`och teshigiga qisilib qoldi (foto)

'14 yoshli bolaning boshi simyog`och teshigiga qisilib qoldi (foto)'ning rasmi

Hodisa kecha, 9 iyun kuni Olmaliq shahar To`maris ko`chasida sodir bo`lgan. 

Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 14 yoshli bola bo`ylab velosipedda harakatlanib ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo`qotib, ushbu ko`chaning yo`l chetiga o`rnatilgan beton simyog`ochga urilgan va undagi teshikka boshi kirib qolgan.

Toshkent viloyati FVBga bolaga amaliy yordam kerakligi to`g`risida xabar tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari etib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida bolaga amaliy yordam ko`rsatilgan va tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Bolani ahvoli yaxshi.

    Boshqa yangiliklar