Avval xabar berganimizdek, Toshkentda erkak kishi voyaga etmaganga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan edi.
7 yashar qizga podezdda tegajog`lik qilgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma`lumot berdi.
Keltirilishicha, voyaga etmagan qizga uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumon qilinuvchiga qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.