9 iyun kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o`tgan M-34 Toshkent-Dushanbe avtomobil yo`lida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Spark avtomobili haydovchisi harakat davomida boshqaruvni yo`qotib, yo`lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketgan va shu yo`nalishdagi Damas bilan to`qnashgan. YTH oqibatida yo`nalishdagi 3 ta avtomobil texnik shikastlangan.
Mazkur YTH oqibatida 8 kishi vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma`lumot o`z tasdig`ini topmagan.
Ma`lum qilinishicha, hodisa oqibatida Spark haydovchisi vafot etgan. 8 kishi turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yuborilgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.