Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog`istonda 160ta yangi bog`cha qurilishi va ta`mirlanishi, 2 mingta xususiy bog`cha tashkil qilinishini aytib o`tdi.
“Biz kelgusi etti yilda qo`shimcha 100ming yangi o`quvchi o`rni yaratamiz.
Bunda, 30ta yangi maktab va 150 ta maktab uchun qo`shimcha bino quriladi, 350tasi ta`mirlanadi.
Ixtisoslashgan maktablar soni esa, 2karra oshirilib, 32taga etkaziladi.
Natijada, Qoraqalpog`istondagi maktablarda 30-35 nafardan ortiq bola o`qiydigan sinflar umuman bo`lmaydi.
Biz 1-4- sinf o`quvchilariga bepul ovqat berishni Qoraqalpog`istondan boshlagan edik.
Endi, olis va chekka ovullardagi bolajonlarimizning maktabga borishi uchun avtobus qatnovini ham, birinchi bo`lib shu zamindan boshlaymiz”, - deb ta`kidladi nomzod.






