Bugungi kunda joylarda, mehnat jamoalarida, xorijiy vatandoshlarimiz orasida muddatidan ilgari prezidentlik sayloviga ko`rsatilgan nomzodlarning dasturlari keng muhokamaga sabab bo`lmoqda. Bu borada Xalq demokratik partiyasining dasturidagi ijtimoiy ustuvorlikka bo`lgan qiziqish oshib bormoqda. Chunki, har kim uchun o`z kundalik hayotida duch keladigan ijtimoiy muammolar bo`yicha nomzodlar ilgari surayotgan g`oya va tashabbuslar, ularni hal etish haqidagi taklif va rejalari muhimdir.
Ushbu maqolada yuqoridagilar haqida masalalar bo`yicha xalq demokratik partiyasining nomzodining dasturi bo`yicha fikrlashamiz.
Birinchidan, partiya nomzodi o`zining dasturida mamlakatimizda ijtimoiy adolat va tenglik, ijtimoiy birdamlik, ijtimoiy demokratiya mezonlariga mos keladigan ijtimoiy demokratik davlat barpo etishni o`zining oliy maqsadi deb belgilagan. Partiya shu maqsadga erishishda iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oshirishga ustuvor ahamiyat qaratgan.
Ikkinchidan, dasturda mamlakatimiz aholi turmush darajasi va sifati bo`yicha dunyoning o`rta rivojlangan davlatlari darajasiga olib chiqish asosiy dasturilamal qilib olingan. Partiya ushbu maqsadga erishi uchun, davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy himoya hamda qo`llab-quvvatlashga muhtoj aholi keng qatlamining manfaatlaridan kelib chiqadi;
Uchinchidan, pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori turmush kechirish uchun etarli bo`lmagan pensionerlar, nogironligi bo`lgan shaxslar, nogironligi bo`lgan bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar, ko`p bolali ayollar, ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar, yolg`iz keksalar va aholining boshqa zaif qatlamlari manfaatlarini hisobga olishga qaratilgan;
To`rtinchidan, mehnat bilan band bo`lmagan mehnatga layoqatli aholi, ishga joylashishda qiyinchilikka duch kelayotgan insonlar, jumladan, mehnat bozoriga endi kirib kelgan ta`lim muassasalari bitiruvchilariga e`tiborni qaratishni muhim masala sifatida ko`radi;
Beshinchidan, zarur kasbiy malakasi yo`qligi sababli doimiy ish joyi va barqaror daromadga ega bo`lmagan kishilar, jumladan, ichki va tashqi mehnat migrantlarni ijtimoiy masallarini hal etish.
Oltinchidan, partiya mamlakatning tobora yuksalayotgan iqtisodiy salohiyati aholining kam ta`minlangan qatlamlari turmush darajasi va hayot sifatini oshirish uchun xizmat qilish kerak, deb hisoblaydi. Bu mamlakatda ijtimoiy barqarorlik va fuqarolar birdamligini yanada mustahkamlashning asosiy omili hamda barqaror ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishning muhim sharti hisoblanadi.
Ettinchidan, partiya iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oshirib borishni, jamiyatda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishni, ijtimoiy hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishni ko`zda tutadi.
Sakkizinchidan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarning hayotiy ehtiyojlari bilan bog`liq masalalarni hal etishda partiya barqaror ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish tarafdori bo`lgan barcha shaxslarning ko`magiga tayanadi.
Ushbu masalalarda Xalq demorkatik partiyasi “Biz ijtimoiy taraqqiyot tarafdorimiz! Bu iqtisodiy islohotlar samaradorligining asosiy omilidir!” shiori asosida faoliyat olib borayapti.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, Partiya nomzodining saylov oldi dasturida ko`tarilgan va hozirda keng targ`ib qilinayotgan goyalar, tashabuslarning amalga oshirilishi jamiyatimizni va davlatimizni ijtimoiy taraqqiyotini taminlashga amaliy yordam beradi. Yirik ijtimoy loyihalarni, tashabbuslarni amalga oshirishga shart sharoitlar yaratadi. O`zbekistonining ijtimoiy davlat konsepsiyasini amalga oshirishning ijtimoiyfundamentini yaratadi. Ijtimoiy davlat g`oyalarini keng jamoatchlikka etkazishga yangi imkoniyatlar beradi. Bunda aholini ayniqsa yoshlarni ijtimoiy davlat g`oyalari atrofida jipslashtirishning ijtimoiy mexanizmlarni yaratadi.
Jo`raev Sayfiddin Axmatovich.
Toshkent davlat Sharqshunoslik Universiteti professori,siyosatshunoslik fanlari doktori






