AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istondagi ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

'Qoraqalpog`istondagi ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi'ning rasmi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan (O`RQ-845, 12.06.2023 y) ayrim qonun hujjatlariga Qoraqalpog`iston Respublikasida investisiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qo`shimchalar kiritildi.

Soliq kodeksiga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan hamda mazkur hududda faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlar (bundan ayrimlar mustasno) 2028 yil 1 yanvargacha:  

  •  foyda solig`i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan er solig`ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo`yicha to`laydi;
  •  ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo`yicha, YaTTlar esa yiliga BHMning bir baravari (330 ming so`m) miqdorida to`laydi.

    Boshqa yangiliklar