AsosiyJamiyat

Andijonda "peshexod"dan o`tayotgan 7 yoshli bolani Nexia urib yubordi (video)

'Andijonda "peshexod"dan o`tayotgan 7 yoshli bolani Nexia urib yubordi (video)'ning rasmi

Andijon viloyati Asaka tumanidagi 56-maktabning ro`parasidan o`tayotgan 7 yoshli bolani Nexia avtomobili urib yuborgan. Bu haqda viloyat YXXB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 Bolakay bu yil maktabga chiqishi sababli, tayyorlov guruhlariga borayotgan bo`lgan.

Nexia haydovchisi svetoforning taqiqlovchi chirog`ida to`xtamay, harakatlangan. Qolaversa, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib harakatni davom ettirgan.

YTH natijasida bolaning 2 elka va son suyagi singan. To`liq reanimasion muolajalar o`z vaqtida ko`rsatilganligi sababli bemorning holati ancha stabillashgan,- deydi shifokor.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Asaka tumani IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar