AsosiyJinoyat

DXX Xorazmda 1,3 mlrd so`m pora talab qilgan yo`l qurilish tashkiloti bo`lim boshlig`ini qo`lga oldi (video)

'DXX Xorazmda 1,3 mlrd so`m pora talab qilgan yo`l qurilish tashkiloti bo`lim boshlig`ini qo`lga oldi (video)'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o`tkazildi. Bu haqda darakchi.uz'ga DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, “Xorazm yo`l qurilish” MChJda bo`lim boshlig`i lavozimida ishlovchi shaxs Xiva tumanidagi oilaviy korxonaga tegishli 8500 kvadrat metr er maydoniga hech qanday hujjat rasmiylashtirmasdan, asfalt yotqizib berish evaziga korxona rahbaridan 1 mlrd. 306 mln. so`m talab qilib, shundan 48 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Boshqa holatda esa Davlat kadastrlari palatasining Xiva tuman filiali xodimi o`zining qaynotasi nomida bo`lgan 4000 kvadrat metr er maydoni 2021 yilda xaridorga notarial tartibda sotilganligini bila turib, go`yoki ushbu er maydonida uning ham ulushi bo`lganligini ro`kach qilish orqali, erni sotib olgan fuqarodan o`z ulushi sifatida 60 ming AQSh dollari berishi kerakligini talab qiladi. O`tkazilgan tezkor tadbirda u so`ralgan pulni tanishi orqali olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar