Bugun, 14 iyun kuni soat 09:50 atrofida Toshkent shahar Chilonzor tumani "Astrobod" ko`chasida joylashgan mis quvurlari ishlab chiqarish sexining bir qavatli bostirmasi (angar)da dastlabki ma`lumotlarga ko`ra havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo`lgan.
Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar berdi.
Voqea joyiga FVV rahbariyati boshchiligida yong`in-qutqaruv ekipajlari, shuningdek, Prokuratura, IIV, MG, SSB, Hududgaz va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari etib borgan. Ayni vaqtda hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra chaqnash oqibatida 6 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.






