JSST tavsiyalariga ko`ra, aholini qon tarkibiy qismlari bilan ta`minlash uchun qon topshirishlar soni 1000 nafar aholiga kamida 10 nafar yoki aholining 1 foizini tashkil qilishi kerak. O`zbekistonda bu ko`rsatkich o`tgan 2022 yil 1000 nafar aholiga qariyb 7,5 nafarni tashkil etdi. Natijada 2022 yili 56030,0 litr ermassa, 50996,7 litr plazma, 1598,8 litr trombokonsentrat va 4256 doza kriopresipitat yig`ilgan.
Respublika qon quyish markazi rahbari A`lonur Saidovning ta`kidlashicha, yanada oshirish mumkin. Buning uchun sayyor donorlikni rivojlantirishga e`tibor qaratish kerak.
Ma`lum qilinishicha, bugungi kunda Respublika qon quyish markazi, Toshkent shahar «Qon preparatlari» IIChK, 13 ta hududiy va 2 ta respublika tasarrufidagi qon quyish stansiyasi hamda 13 ta qon quyish bo`limlarida qon va uning tarkibiy qismlari yig`ilmoqda.
Shuningdek, qon topshirishlar sonini yanada ko`paytirish maqsadida joriy yilda Respublika qon quyish markazining hududlardagi qon bilan ishlash xizmati muassasalariga 13 ta ko`chma donorlik kompleksi – maxsus jihozlangan «Isuzu» avtobuslari ham topshirildi






