AsosiyJinoyat

Andijonda mahkumni kaltaklab o`ldirib qo`ygan 12 nafar IIO xodimiga hukm o`qildi

'Andijonda mahkumni kaltaklab o`ldirib qo`ygan 12 nafar IIO xodimiga hukm o`qildi'ning rasmi

O`tgan yilning 19 mart kuni Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi 32 yoshli S.M. Ichki ishlar vazirligi tergov izolyatoriga olib kelingan. Avvalroq sud uning axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazosini ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirgan edi. Bu haqda darakchi.uz'ga Oliy sud matbuot xizmati raxbari Aziz Abidov xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, tergov izolyatorida mahkum 12 nafar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qiynoqqa solingan va kaltaklangan.

Mahkumga tibbiy yordam ko`rsatish o`rniga, tergov izolyatorining 32-kamerasiga joylashtirilib, u erda boshqa mahkum J.U. bilan janjallashgan, natijada u yana kaltaklangan va turli darajadagi jiddiy tan jarohatlari etkazilgan. Taxminan 3 soatdan keyin S.M. vafot etgan.

Ish materiallarida qayd etilganidek, 12 nafar xodim tomonidan kaltaklangan M.ni kameraga yotqizishdan oldin tergov izolyatorining davolash-profilaktika bo`limi boshlig`i T.A. va bo`lim psixiatri Sh.A. ma`lum bo`lishicha, shifokorlar uning ahvoli qoniqarli, tashqi zarari yo`q, deb yolg`on qaydlar tuzgan. Shu bilan birga, mahkumda yopiq bosh miya jarohati, bosh miya kontuziyasi, miyaning yumshoq va qattiq pardalari ostidan qon quyilishi, miya shishi borligi aniqlangan.

Sudda gumonlanuvchilarning aybi isbotlanib, ularga hukm o`qib eshittirildi.

Quyidagi mansabdor shaxslarga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi:

- IIV JIE 3-sonli tergov izolyatori boshlig`ining yordamchisi - smena boshlig`i U.A.;

- 3-sonli tergov izolyatorining tartibni ta`minlash bo`limi katta inspektori J.R;

- korpus boshlig`i E.R.;

- tartibni ta`minlash bo`limi katta nazoratchisi M.J.;

- tartibni ta`minlash bo`limi katta nazoratchisi S.I.;

- tartibni ta`minlash bo`limi katta nazoratchisi M. M.

Quyidagi mansabdor shaxslar ham jinoyat sodir etishda aybdor deb topilib, sud qarori bilan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi:

- tergov izolyatorining boshlig`i G.G.;

- tartibni ta`minlash boshqarmasi korpus boshlig`i Z.Sh.;

- tezkor-qidiruv boshqarmasi katta tezkor xodimi I.I.;

- tartibni ta`minlash bo`limi nazoratchisi D.M.;

- davolash-profilaktika bo`limi mudiri A.T.

Davolash-profilaktika bo`limi psixiatri Sh.A.ga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Bundan tashqari, marhum mahbusni kamerada kaltaklagan mahkum J.U.ga 4 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Bundan tashqari, marhum mahbusni kamerada kaltaklagan mahkum J.U.ga 4 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Mahkumning o`limida sud tomonidan aybdor deb topilgan 12 nafar IIO xodimidan 10 nafari ichki ishlar organlarida bir yarim yil, 2 nafari esa bir yil muddatga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum etildi.

Ma`lumot uchun:

Hukm qonuniy kuchga kirmagan, jinoyat ishi apellyasiya tartibida ko`rib chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar