AsosiyJamiyat

Xorazmda fuqarodan “kislorod” uchun pul talab qilib kelgan fuqarolar qo`lga olindi

'Xorazmda fuqarodan “kislorod” uchun pul talab qilib kelgan fuqarolar qo`lga olindi'ning rasmi

Xorazmda fuqarodan “kislorod” uchun pul talab qilib kelgan fuqarolar qo`lga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

2023 yil 9 iyun kuni 38 yoshli I.U. tuman IIB boshlig`ining nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Unda 36 yoshli M.B. va 30 yoshli M.E.lar, unga ko`chada tinch yurishi uchun ular aytgan pullarni o`z vaqtida ushbu shaxslarga berib borishini talab qilgani aytilgan. Aks holda unga tegishli bo`lgan mol-mulkiga shikast etkazishlarini aytishgan. 2022 yil 6 dekabr kunidan 2023 yil fevral oyigacha undan 58 mln so`m pullarini olishlariga qaramasdan, joriy yilning 6-8 iyun kunlari 10.000 AQSh dollari topib olib kelishini, aks holda uni tinch qo`ymasligini bildirgan. 

ushbu pullarni olib kelmagan taqdirda, unga tegishli bo`lgan transport vositalarini tortib olib qo`yish bilan qo`rqitishgan.

Mazkur ariza asosida viloyat IIB tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida yuqorida ko`rsatilgan shaxslar arizachi bilan oldindan kelishilgan Gurlan tumani Mustaqillik ko`chasida joylashgan “Ilxomboy” kafesida uchrashib, undan talab qilgan 10.000 AQSh dollari pullarni olayotgan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Gurlan tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan M.B. va M.E.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib,ushbu shaxslarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar