AsosiyJamiyat

Namanganda sof quyma oltin sotayotganlar qo`lga olindi

'Namanganda sof quyma oltin sotayotganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Davlatobod tumanida sof quyma oltin sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namangan viloyati Davlatobod tumanida yashovchi B.S. va N.K. 3 dona oltinga o`xshash sariq rangli quyma metallni fuqaro E.A.ga 20 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Ekspertiza xulosasiga ko`ra, 3 dona sariq rangli metall umumiy vazni 298,43 gramm bo`lgan “992” probali sof oltin ekanligi qayd etilib, 222,8 mln so`mga baholangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar