Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40°, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 41-42° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa mudatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-30° bo`ladi.
15.06.2023 08:16
Bugun ham havo harorati 42° gacha ko`tariladi






