AsosiyJamiyat

Buxoroda Gentra yonib ketdi 

'Buxoroda Gentra yonib ketdi 'ning rasmi

Buxoro viloyati Buxoro shahrida 14 iyun kuni Jentra yonib ketdi. Viloyat FVB axborot xizmati holat yuzasidan ma`lumot berdi. 

Unga ko`ra, 14 iyun kuni soat 14:09 da Buxoro shahar “Xo`jamushkin” MFY, Alpomish ko`chasi yo`l yoqasida 2015 yilda ishlab chiqarilgan, kulrang Jentrada yong`in bo`layotgani to`g`risida viloyat FVBga xabar kelib tushdi.

Voqea joyiga 2 ta yong`in qutqaruv avtoekipajlari jalb etildi. Yong`inga 14:12 da etib borib, soat 14:16 da batamom o`chirildi. 

Yong`in oqibatida avtomashinaning motor va old kapot qismi yongan. Yong`inning sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar