Prezidentning tegishli qarorlari (PQ–189-son, PQ–190-son, PQ–191-son, 14.06.2023 y.) bilan quyidagi hududlarda quyosh fotoelektr stansiyalarini barpo etish bo`yicha investisiya loyihalari amalga oshiriladi:
Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida quvvati
400 MVt bo`lgan;
Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida quvvati
500 MVt bo`lgan;
Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati 500 MVt bo`lgan.
Shuningdek, Yuqorichirchiq tumanida quvvati 334 MVt bo`lgan elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi.
Mazkur investisiya loyihalarini amalga oshirish doirasida:
-Investisiya bitimlari tasdiqlanadi;
-Elektr energiyasini sotib olish to`g`risidagi bitimlar ma`qullanadi.
Tegishli Loyiha kompaniyalari tomonidan er uchastkalari uchun to`lanadigan ijara to`lovi miqdori er solig`i miqdoriga tenglashtiriladi.






