Bugun, 15 iyun kuni soat 12:14 da Toshkent shahar FVBga M.Ulug`bek tumani “Oliy Himmat” MFYda joylashgan uylarning birida 2 yoshli qizaloqni uy devori bosib qoldi.
FVV bergan ma`lumotlarga ko`ra, qurilish maqsadida qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda uyning bir qismi buzilib ketgan va qulagan devor ostida qiziloq qolib ketgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari etib borib, qizaloqni olib chiqishgan va zarauriy tibbiy yordam uchun shifokorlarga topshirishgan. Hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi.
Hodisa oqibatida halok bo`lganlar yo`q.






