AsosiyJinoyat

Samarqandda bolalarini ayovsiz kaltaklagan ayolga sud hukmi o`qildi (video)

'Samarqandda bolalarini ayovsiz kaltaklagan ayolga sud hukmi o`qildi (video)'ning rasmi

Avvalroq, Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida 23 yoshli ayol farzandlarini kaltaklagani va holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgani haqida xabar bergan edik.

Qayd etilishicha, 2000 yilda tug`ilgan X.U. ayni damda Rossiyada bo`lgan eri bilan janjallashib, jahl ustida bolalarini qiynagan. Bu holatni tasvirga olib, videoni turmush o`rtog`iga yuborgan.

Ayolga nisbatan JKning 110-moddasi (qiynash) 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi Samarqand viloyati JIB Kattaqo`rg`on tumani sudida ko`rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ayolning ta`kidlashicha, u farzandlariga azob berish uchun emas, eridan o`ch olish maqsadida bu holatni sodir qilgan.

Bolalarning qonuniy vakili bo`lgan buvisi esa nabiralarini o`zining tarbiyasiga olib berishlarini so`radi.

Sud hukmiga ko`ra, sudlanuvchi ayol JKning 112-moddasi (o`ldirish yoki zo`rlik ishlatish bilan qo`rqitish) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga ushbu modda bilan BHMning 25 baravari miqdorida 7500 000 so`m jarima jazosi undirilishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar