AsosiyJamiyat

Jizzaxda 12 yoshli qizning nomusiga tekkan yigitga 2 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi

'Jizzaxda 12 yoshli qizning nomusiga tekkan yigitga 2 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi'ning rasmi

Jizzax viloyatida 6-sinf qizning nomusiga tekkan 21 yoshli yigitga ikki yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda “Sukut saqlama” loyihasi xabar berdi.

Manbaga ko`ra, 21 yoshli yigit 2022 yilning yozida 12 yoshli qiz bilan tanishgan va o`zaro yaqin munosabatga kirishgan. Bir necha yildan so`ng turmush qurishni rejalashtirgan yigit va qiz uzoq vaqt uchrashib yurgan.

Shuningdek, kuz oylarining birida yigit qizni birga aylanishga taklif qilgan. Qo`shnisi hamrohligida chiqqan 6-sinf qiz yigitning taklifi bilan uning yaqin qarindoshinikida tunab qolgan.

Shundan so`ng, yigit qizning roziligi asosida u bilan ishqiy munosabatda bo`lgan. Ertasi kuni takroran uchrashuv belgilanib, yuqoridagi holat takrorlangan. Sud jarayonida ayblanuvchi o`z qilmishiga iqror bo`lgan, qiz va uning onasi esa yigitga qarshi hech qanday da`vosi yo`qligini bildirgan.

Tegishli organlar tomonidan ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi (16 yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqada bo`lish) bilan jinoyat ishi ochilgan. Sud muhokamasi davomida sudya ishni 128-moddaning 1-qismiga, ya`ni engilroq jazoni nazarda tutuvchi toifaga o`zgartirgan. Bu bilan sudlanuvchi aybdor deb topilib, 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar