AsosiyJamiyat

MDH kuzatuvchilari missiyasi O`zbekiston Prezidenti saylovini o`tkazish jarayonini kuzatish bo`yicha ish boshladi

'MDH kuzatuvchilari missiyasi O`zbekiston Prezidenti saylovini o`tkazish jarayonini kuzatish bo`yicha ish boshladi'ning rasmi

2023-yilning 16 iyun kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazish bo`yicha MDH kuzatuvchilari missiyasi shtab-kvartirasi rahbari Evgeniy Kozyak va O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o`rinbosari Baxrom Qo`chqorov o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. 

Uchrashuvda saylovga tayyorgarlik ko`rish va Missiya faoliyatini tashkil etish masalalari muhokama qilingan.

Evgeniy Kozyakning ta`kidlashicha, MDH kuzatuvchilari missiyasi mamlakatda saylovoldi tashviqoti o`tkazilishini monitoring qilishda o`ninchi bor ishtirok etmoqda.

Shuningdek, u bugundan boshlab Missiya shtab-kvartirasi va uzoq muddatli kuzatuvchilar ish boshlaganini ayd etgan. Missiya shtabi uzoq muddatli va qisqa muddatli kuzatuvchilar faoliyatini tashkil etadi, ularning ovoz berish arafasida va ovoz berish kunida ishlash tartibini belgilaydi, ularni O`zbekiston hududlari o`rtasida taqsimlaydi, brifing o`tkazadi.

 “Biz saylovoldi tashviqotini kuzatamiz, fuqarolarning saylov huquqlarini himoya qilishga oid mumkin bo`lgan murojaatlari va arizalarini ko`rib chiqishni o`z ichiga olgan davlat organlari vakillari bilan uchrashamiz. Nafaqat poytaxtda, balki butun respublikada saylov jarayoni qanday tashkil etilgani bilan tanishish uchun respublika hududlariga ham tashrif buyuramiz”, — dedi MDH Kuzatuvchilar missiyasi shtab-kvartirasi rahbari.

 

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o`rinbosari Baxrom Qo`chqorovning ma`lum qilishicha, O`zbekistonda saylov o`tkazish uchun 14 ta saylov okrugi va 10 784 ta saylov uchastkasi tuzilgan, yana 56 ta saylov uchastkasi respublikaning 36 davlatdagi diplomatik vakolatxonalarida ochiladi. Matbuot markazi faoliyati ham yo`lga qo`yilib, saylovoldi tashviqotini yorituvchi jurnalistlar akkreditasiyadan o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar