AsosiyJamiyat

“Samarqandshahargaz” xodimi 4 million so`m bilan ushlandi

'“Samarqandshahargaz” xodimi 4 million so`m bilan ushlandi'ning rasmi

Gaz tarmog`iga noqonuniy ulanish holati bo`yicha tuzilgan dalolatnomani yo`q qilib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. 

Departamentning Samarqand shahar bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda “Samarqandshahargaz” gaz ta`minoti bo`limi aholi xonadonlariga texnik xizmat ko`rsatish chilangari J.A. fuqaro D.N.ning xonadonidagi isitish qozoni gaz tarmog`iga noqonuniy ulanganligi holati bo`yicha tuzilgan dalolatnomani yo`q qilib berish evaziga 4 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.


 

    Boshqa yangiliklar