1

Bronxial astma kasalligini davolashning yangi usuli topildi

Salomatlik 17.06.2023, 09:51
Bronxial astma kasalligini davolashning yangi usuli topildi

AQSh olimlari astma kasalligiga chalingan bemorlar immunitet tizimining o`ziga xos xususiyatlarini o`rganib, o`tkir yallig`lanish reaksiyasini to`xtatishning yangi usulini topdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda

Endi tadqiqotchilar xastalikning og`ir shaklida qo`llaniladigan ikkita muolaja turini sinovdan o`tkazmoqda.

Mutaxassislar fikricha, hozir astmaning og`ir shaklidan aziyat chekayotgan  bemorlarda qo`llanilayotgan standart davo choralari yuqori samaradorlikka ega emas. Shu bois, yangi muolaja usuliga ehtiyoj katta.

Xo`sh, tadqiqot qanday kechdi?

AQShning La-Xoyi Immunologiya instituti olimlari astmada o`tkir yallig`lanish reaksiyasini keltirib chiqaruvchi molekulyar mexanizmlarni o`rganib, ma`lum signallarni bloklash og`ir simptomlarni engillashtirishini aniqladi.

Ma`lumki, inson organizmida allergenlar aniqlanganda, E immunoglobulini (IgE) leykositlarning ma`lum bir turi bilan aloqaga kirishib, ularni gistamin ajraladigan omil — HRF ishlab chiqarishga undaydi.

Shu tariqa gistamin ta`siri allergik reaksiyani yuzaga kelitib, nafas olish jarayonini qiyinlashtiradi.

Tadqiqot davomida IgE va HRF o`rtasidagi aloqa xususiyatlari o`rganilib, astmani davolash uchun yangi “nishon” topildi.

Ayni paytda olimlar ikkita davolash usulini sinab ko`rmoqda. Birinchisi — o`tkir yallig`lanish reaksiyasini bartaraf etishga qaratilgan HRF-2CA molekulasi. Ikkinchi usul SPF7-1 s IgE vmesto HRF o`rniga SPF7-1 antitanasining IgE bilan bog`lanishiga asoslangan.

Tez orada klinik sinovlar o`tkazilib, ularning natijalari e`lon qilinishi kutilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1