AsosiyDunyo

Londonda Birinchi "O`zbekiston madaniyati kunlari" va Milliy taomlar festivali o`tkazilmoqda

'Londonda Birinchi "O`zbekiston madaniyati kunlari" va Milliy taomlar festivali o`tkazilmoqda'ning rasmi

Londonda Birinchi "O`zbekiston madaniyati kunlari" va Milliy taomlar festivali boshlandi

Londondagi  Temza daryosi bo`yidagi ““Potters Fields”  bog`ida bo`lib o`tayotgan tadbirni O`zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirining birinchi o`rinbosari Ulug`bek A`zamov kirish so`zi bilan ochib berdi va festival ishiga muvaffaqiyat tiladi.

“Potters Fields” bog`ida tashkil etilgan gastronomik turizm paviloniga o`zbek milliy taomlarini tatib ko`rish uchun yig`ilganlardan uzun navbat hosil bo`ldi.

Ayniqsa, "taomlar shohi" palovni tatib ko`rish ishtiyoqmandlarining soni ko`pchilikni tashkil etmoqda.

Bugun Londonni o`zbek musiqasi sadolari va taomlarining xushbo`y isi tutdi.

    Boshqa yangiliklar