AsosiyJamiyat

Zarafshon daryosi zaharlandi

'Zarafshon daryosi zaharlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Zarafshon daryosi zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi.

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha,  xabarlarga oydinlik kiritish bo`yicha  holat o`rganilganda Zarafshon daryosida baliqlar nobud bo`lganligi aniqlandi.

Nobud bo`lgan baliqlar daryodan yig`ib olinib, viloyat Ekologiya boshqarmasining Atrof-muhitni ifloslanishini monitoring qilish  bo`limi xodimlari, "Navoiy IES" AJ hamda "Navoiyazot" AJ xodimlari bilan hamkorlikda daryoga tushuvchi  ikkita korxona tashlama suvlaridan va tuproqlardan namunalar olingan.  

Ushbu holat yuzasidan o`rganish ishlari yakunlangandan keyin qo`shimcha ma`lumot berilishi aytildi.

 

    Boshqa yangiliklar