Kelayotgan yangi hafta seshanbasidan boshlab hafta oxirigacha havo harorati biroz pasayadi.
Gidrometeorolog E.Abdulahatov ketma ket ikki sovuq frontning (kartada ko`k rangli belgi) Markaziy Osiyoga kirib kelishi joylarda havo haroratini hozirgiga nisbatan 4-6 daraja past bo`lishini ta`minlaydi.
20-22 iyun kunlari Qoraqalpog`iston respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-23°, kunduzi 30-35°bo`ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 iyunda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 33-38°, 21-22 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38°bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 iyunda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 33-38°, 21-22 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38°bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda, 20 iyunda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20 iyunda kechasi 24-29°, kunduzi 36-41°, 21-22 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 36-41°bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi.
G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda, 20 iyunda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 35-40°, 21-22 iyunda kechasi 19-24°, kunduzi 33-38°bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, 20-21 iyunda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, 20 iyunda ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. 22 iyun yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 iyunda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 24-29°bo`ladi.






