O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Eron Islom Respublikasi Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Tehron shahriga keldi.
“Mehrobod” xalqaro aeroportida O`zbekiston rahbarining tashrifi munosabati bilan ikki davlat bayroqlari ko`tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Oliy martabali mehmonni Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri Abbos Aliobodiy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.






