Suvda aholining ommaviy dam olish joylarida dam olayotgan fuqarolarga quyidagilar taqiqlanadi:
- taqiqlovchi belgilar va “Xavfli!”, “Cho`milish taqiqlanadi!”, “Sho`ng`ish (suvga sakrash) taqiqlanadi!” so`zlari yozilgan joylarda cho`milish va suvga sakrash;
- to`sish belgilaridan o`tib suzish;
- motorli, elkanli kemalarga, eshkakli kemalarga va boshqa kichik o`lchamli kemalar yaqiniga suzib borish;
- texnik va ogohlantirish belgilaridan va buyto`siqlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish;
- sakrash uchun moslanmagan inshootlardan hamda chuqurligi va tubining holati noma`lum bo`lgan joylarda suvga sakrash;
- alkogolli mahsulotlarni iste`mol qilish va mast holatda cho`milish;
- suvda sho`ng`ish va cho`miluvchilarni ushlab olish bilan bog`liq o`yinlarni tashkil etish;
- yolg`on trevoga signali berish;
- voyaga etmaganlarni nazoratsiz qoldirish;
- suzish uchun avtomobil kameralari, taxtachalar va shu kabilardan foydalanish;
- plyajlar akvatoriyalarida motorli, elkanli, eshkakli qayiqlardan, eshkakli va motorli kichik o`lchamli kemalardan, suv velosipedlaridan foydalanish;
- kuchuklar va boshqa hayvonlarni o`zi bilan olib kelish, cho`miltirish, sayr qildirish;
- suv havzalarini iflos qilish, qirg`oqda axlatlarni qoldirish;
- 12 yoshgacha bo`lgan bolalarning ota-onalar nazoratisiz yakka tartibda cho`milishi;
- shisha buyumlar yoki boshqa xavfli buyumlarni qoldirish yoki plyaj materialiga ko`mish;
- ovqat tayyorlash va isitish uchun olovdan foydalanish;
- tovush balandligi 90 dBdan ortiq bo`lgan kuchli ovoz chiqarish qurilmalaridan foydalanish;
- qonunga zid boshqa xatti-harakatlarni sodir etish.






