AsosiyJamiyat

Tehrondagi O`zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi

'Tehrondagi O`zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi'ning rasmi

Tehrondagi “Saadobod” majmuasining “Jumhuri” saroyida Eron Islom Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi bo`lib o`tdi.

Davlatimiz rahbarini Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy kutib oldi.

Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O`zbekiston va Eronning davlat bayroqlari ko`tarildi.

Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o`tib, rasmiy delegasiyalar a`zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushish marosimidan so`ng etakchilarning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

    Boshqa yangiliklar