AsosiyJamiyat

Toshkentda 5 ta mashina o`zaro to`qnashdi

'Toshkentda 5 ta mashina o`zaro to`qnashdi'ning rasmi

Bugun, 18 iyun kuni Toshkent shahri Bektemir tumanida 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, bugun soat 12:20 larda Bektemir tumani Qo`yliq ko`prigi ustida Sh.R. (28 yosh) boshqaruvidagi Cobalt, Z.A. (33 yosh) boshqaruvidagi Lacetti, M.T. (28 yosh) boshqaruvidagi Spark, A.X. (32 yosh) boshqaruvidagi Nexia 2 va A.K. (70 yosh) boshqaruvida bo`lgan Lacetti rusumli avtomashinalar ishtirokida bir yo`nalishda ketma-ket yo`l transport hodisasi sodir etilgan.

Dastlabki xabarlarga ko`ra, YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo`q. Shuningdek, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilayotgani ma`lum qilingan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Toshkent shahri Uchtepa tumanida 8 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgandi.

 


 

    Boshqa yangiliklar