AsosiyJamiyat

Toshkentda ichida 11 kishi bo`lgan lift quladi

'Toshkentda ichida 11 kishi bo`lgan lift quladi'ning rasmi

18 iyun 16:15 larda Toshkent shahar Yangihayot tumani, Navro`z ko`chasida joylashgan ko`p qavatli uyning yuk tashish uchun mo`ljallangan lifti yuqoridan pastga tushayotgan vaqtida texnik nosozlik tufayli tezlashib, 1-qavatga yaqinlashganda liftning avtomatik tormoz tizimi ishga tushib to`xtagan.

Natijada liftda bo`lgan 11 nafar fuqarolar turli darajada engil tan jarohati olib, RShTYoIMga olib ketilgan, deyiladi FVV ma`lumotida.

Hozirda shifoxonadan 8 nafar fuqarolarga uyiga javob berilgan, qolgan 3 nafar fuqarolarga tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

Voqea joyiga FVV hodimlari, shahar va tuman FVB rahbariyati, IIB, Prokuratura hamda SSB hodimlari chiqishgan.

    Boshqa yangiliklar