AsosiyJamiyat

Bugun ham havo harorati 45° bo`ladi

'Bugun ham havo harorati 45° bo`ladi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining cho`l hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarida 15-20 m/s gacha, ba`zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-41°, janubda 42-45° gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 38-40° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi, ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar