Joriy yilning 18 iyun kuni soat 12:20 larda Bektemir tumani Qo`yliq ko`prigi ustida beshta avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi ro`y berdi.
Unga ko`ra:
- 1995 yilda tug`ilgan fuqaro Sh.R. boshqaruvida bo`lgan Sobalt rusumli avtomashina;
- 1990 yilda tug`ilgan fuqaro Z.A. boshqaruvida bo`lgan Lacetti rusumli avtomashina;
- 1995 yilda tug`ilgan fuqaro M.T. boshqaruvida bo`lgan Spark rusumli avtomashina;
- 1991 yilda tug`ilgan fuqaro A.X. boshqaruvida bo`lgan Nexia 2 rusumli avtomashina;
- 1953 yilda tug`ilgan fuqaro A.K. boshqaruvida bo`lgan Lacetti rusumli avtomashinalari ishtirokida yo`l- transport hodisasi sodir bo`lgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo`qligi aytildi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






